Bahoiy duolari

Özbekçe – Özbəkçe – O’zbekcha – Өзбек тілі – ئۆزبېك تىلى

 

 

Ey Mehribon Parvardigor!
Sen jamiyki insoniyatni bir suloladan xalq etding, ularga bir xonadon a’zolaridek bo‘lishni buyurding, illo, barcha Sening muqaddas dargohing bandasidur. Barcha Sening fazling chodiri ostidan panoh topmish va Sening ne’matlaring dasturxonidan bahramand bo‘lmish va Sening inoyating nurlari shu’lasidan yoritilmish.
Ey Xudo!
Sen Mehribon va G‘amxo‘r, Sen barchaga panoh berguvchi va hayot fayzini ato etguvchisan.
Sen har bir insonni iste’dod va iqtidor ziynati bilan bezading va hammani Rahmating bahriga g‘arq etding.
Ey Mehribon Parvardigor, barchani birlashtirgin!
Dinlar rizolikka kelsin, barcha xalqlar yagona oiladek birdam bo‘lib, butun er yuzini yagona vatan deb bilsinlar va banihoyat ittifoqlikda ahil bo‘lib yashasinlar.
Ey Xudo! Xalqlar birdamligi bayrog‘ini baland tutgin va buyuk tinchlikni o‘rnatgin! Dillarni bir biriga payvand etgin!
Ey Xudo, Mehribon Parvardigorimiz! Qalblarimizni o‘z muhabbating mushku anbari bilan shod etgin, ko‘zlarimizni O‘z rahnamolik nuring ila yoritgin va quloqlarimizga O‘z jonparvar Kaloming taronasidan lazzat baxsh etgin va barchamizga Inoyating istehkomidan panoh bergin.
Sen Qudratli va Kuchli, gunohlarni Kechirguvchi, odamzot nomukammalligini Sen hisobga olmaguvchisan.

a

Yo Parvardigor!
Sening jamoling – mening rizq-ro‘zim,
Sening visoling – mening sharobim,
Sening rizoliging – mening umidim,
Sening hamdu-sanoing – mening a’molim,
Sening xayoling – mening yo‘ldoshim,
Sening hukmi Qudrating –mening imdodim,
Sening dargohing – mening panohim,
Sendan parda ortiga bekingan jonlarning chegarasini
O‘zing yoritib turguvchi joy –mening istiqomatgohim bo‘lsin.
Illo Sen Qudratli, Shuhratli,Kuchlisan.

a

U Ollohdir, Ey Parvardigor! Meni bedor et, hushyor ayla.
O‘zingdan bo‘lak boshqadan bezor et va jamoling muhabbatiga giriftor ayla.
Ruhulquddus nafasidan bag‘ishla va Abho maloyikalari nidosin quloqqa etkaz.
Ruhiy quvvat ato et va rahmoniy chirog‘ingni qalbim oynasida yoritgin.
Har qanday tutqunlikdan ozodqil va har qanday bog‘liqlikdan najot berkim,
To Sening rizoingdan boshqasini demayin va Sening yuzingdan boshqasiga qaramayin va Sening yo‘lingdan o‘zgasiga qadam bosmayin.
G‘aflatdagi jonlarni hushyor aylay va uyqudagi ruhlarni uyg‘otay.
Tashnalarga obihayot bag‘ishlay va marizlarga ilohiy shifo beray.
Har qancha haqiru zalilu faqir bo‘lsamda, ammo pushtu panohim Sensan va mu’in va zahirim ham Sensan.
Ta’yid inoyat aylakim, toki barcha lol qolsin.
Xudoyo, Sen Qodiry Qudratsan va Sen Kechirguvchi, Berguvchi va Ko‘rguvchisan.

a

Yo Ollohim! Yo Ollohim!
O‘z bandalaring qalblarini bir etgaysan va O‘z ulug‘ maqsadingni ularga zohir etgaysan. Ular Sening Amringga itoat etgaylar va Sening qonunlaringga rioyat etgaylar. Ularning intilishlarida madad bergaysan. Senga xizmat qilishlarida qudrat bergaysan, Tangrim. Yo Parvardigor! Ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymagaysan, O‘z ma’rifating nuri ila ularning yo‘lini yoritgaysan, qalblarini O‘z muhabbating bilan masrur etgaysan.
Illo Sen ularning Madadkori va Parvardigoridursan.

a

Ollohdan özga mushkulotlarga najot berguvchi kim bor? Degin: Subhon Olloh, U Ollohdir, Hamma uning bandasidir va hamma uning amriga itoat etguvchidir!

a

Ey Tangrim! Menga rahnamolik qil, meni o’z panoxingda asra, mening qalbimda chiroq yoqqin, va meni porloq yulduz etgin. Sen Qudratli va Kuchlisan

Bahoiy duolari için yorumlar kapalı